✅ Seminardan ko‘zlangan maqsad, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 16-avgustdagi “Tajriba-sinov maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi 248-sonli buyrug‘i asosida, 500 ta umumta’lim maktablarida baholash tizimining maqsadlari, joriy etish yo‘llari va baholash usullari haqida amaliy mashg‘ulotlar yordamida ma’lumotlar berishdir.

🟢Seminarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshqarma boshlig’i Dilshoda Norboyeva, Pedagogik mahorat va xalqaro amaliy markazi direktori Dilrabo Davidova, markaz direktor o‘rinbosari Iroda Saibova tomonidan keng tushunchalar berildi.