Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Al-Xorazmiy nomidagi fan olimpiadasining maktab bosqichiga start berildi.
Bugun maktabining 7-8-sinf o’quvchilari o’rtasida o’tkaziladigan Al-Xorazmiy nomidagi fan olimpiadasining matematika fanidan maktab bosqichi bo’lib o’tdi.
Test sinovi shaklida o’tkazilgan olimpiadaning maktab bosqichida o‘quvchilarga 30 ta test topshiriqlari yuqori malakali fan o‘qituvchilari tomonidan maxfiyligi ta’minlangan holda tayyorlandi. Ushbu jarayonning adolatli va shaffofligini ta’minlash maqsadida har bir sinf uchun xonalar shay holatga keltirildi va mas’ul kuzatuvchilar nazoratida tashkil etildi.
Ko‘zlangan maqsad tabiiy va aniq fanlarga qiziquvchi, bilimli, ijodkor yoshlarni aniqlash hamda ulardagi ijodiy qobilyatni ro’yobga chiqarishga ko’maklashishdan iboratdir.