Prezident ta’lim muassasalari agentligining “Maktablar joylashgan hududlari bo‘yicha mavjud muzey va tarixiy obidalarga o‘quvchilarni tashriflarini tashkil etish reja jadvali”ga muvofiq Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8 -“Ye” va 9 -“D” sinf o‘quvchilari uchun “Alisher Navoiy adabiyot muzeyi”da Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan “Ochiq dars” mashg‘uloti tashkil etildi.

Mazkur muzeyi 1940-yilda Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi munosabati bilan tashkil topgan. 1991-yildan Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Adabiyot muzeyi deb nomlangan. Muzey ekspozitsiyasi 40 ta xonaga joylashgan, 8 boʻlimdan iborat. Jamlanmasida qariyb 34 mingdan ortiq koʻrgazmalar mavjud.

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar Alisher Navoiyning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, “Хamsa” ning qoʻlyozma, foto va koʻchirilgan nusxalari, dostonlarga ishlangan miniatyuralar, rasm va bezaklar, shoir hayotiga oid portretlar, haykallar, xarita, kitob, har xil sovgʻa va albomlar, shuningdek, Buxorolik 14 nafar qizlar tomonidan zar bilan “Navoiy”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” dontonlariga oid gilamlarga tikilgan rasmlari o‘quvchilarda juda katta taassurot qoldirdi.