Odatda ayolni bahorga, bahorni esa ayolga qiyoslashadi. Zotan o‘lkamiz uzra muattar sepini yoya boshlagan bahorning ilk kunlari aynan xotin-qizlar bayrami bilan boshlanishi ham ramziy ma’no kasb etadi. Ayoli bor oila qut-barakali, fayzli va tarovatli bo‘ladi. Yurtimiz ham, jamiyatimiz ham ayol bilan go‘zaldir.

✅ Shu munosabat bilan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida “Ayol elda, aziz” shiori ostida bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

✅ Bayram tadbiri davomida aziz ayollarimizga bag’ishlangan turli sahna ko’rinishlari namoyish etildi, kuy-qo’shiqlar kuylandi va ezgu tilaklar bildirildi.