Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ko‘tarinki kayfiyatda, hamjihatlik ruhida hashar ishlari tashkil etildi. 🌿✨
“Maktabimizni hududdagi eng obod maskanga aylantirish” maqsadida amalga oshirilgan ishlar:
🌱 yerlar yumshatildi
🌾 gazon urug‘lari ekildi
🌿 o‘sib chiqqan maysalar tekislandi
🧱 bruchatkalar yotqizildi
🌸 hudud yanada tartibga keltirildi
Bu kabi ezgu ishlar barchamizni bir maqsad yo‘lida birlashtirib, maktabimizni yanada obod va fayzli maskanga aylantirishga xizmat qiladi. 💚


