📌 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida o’quvchilarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida pedagog-tarbiyachi Hilola Davletova tomonidan “Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish sirlari” mavzusida qo’shimcha amaliy dars o’tib berildi.

✔️ Dars mashg’uloti davomida o’quvchilar videoroliklar, taqdimotlar orqali qon bosimini to’g’ri o’lchash va uning tartib-qoidalari, qanday qilib in’yeksiya qilish kerak va in’yeksiyagacha bo’lgan bosqichlar kabi birinchi tibbiy tez yordam muolajalarini o’rganib olishdi.