Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi qoshidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilari Nazarov Og‘abek, Qobiljonov Abdulaziz, Odilov Shoxrux Rossiya Federatsiyasi Sog’liqni saqlash vazirligi I. M. Sechenov nomidagi birinchi Moskva davlat tibbiyot universitetiga grant asosida o’qishga qabul qilindi.
Ma’lumot uchun, ushbu universitet Rossiya Federatsiyasining nufuzli universitetlari qatoriga kirib, u yerda Rossiya hukumati qaroriga ko’ra “xalqaro talaba” sifatida, haftasiga 20 soat ishlash imkoniyati, ko’plab stipendiya programmalari, xalqaro Work And Travel va ERASMUS+ dasturlarida qatnashish kabi imkoniyatlar mavjud.
Biz sizlar bilan faxrlanamiz, yutuqlaringiz bundan ham baland bo’lsin!