15-oktabr kuni Zamin fondi, FAO, XTV va PMA bilan hamkorlikda butun Respublika bo’yicha 16-oktabr “Butun jahon oziq -ovqat kuniga” bag’ishlangan ochiq darslar bo’lib o’tdi.

Mazkur tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Eco qo’mita a’zolari ham ishtirok etishdi.

Tadbir davomida to’g’ri ovqatlanish haqidagi video namoyishlar, ekologik bio xilma-xillikda yetishtiriladigan oziq-ovqatlar to’g’risidagi namoyishlar bilan tanishildi. O’quvchilar o’zaro fikr almashishdi hamda olgan ko’nikmalarini odamlar o’rtasida tatbiq qilish haqidagi o’zlarining fikrlarini bildirishdi. Mohir oshpazlar tomonidan o’quvchilarga master-klasslar ko’rsatildi va o’quvchilar ham bu borada o’zlarini sinab ko’rdilar. Tadbir yakunida barcha Eco qo’mita a’zolari uchun Eco schools loyihasi bo’yicha kichik anjuman bo’lib o’tdi. Maktabimiz o’quvchilari ush bu tadbir davomida o’rgangan bilim va ko’nikmalari asosida ko’plab loyihal