Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning pedagogik jamoasi va o’quvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “DAVLAT BAYROG‘I – FAXRIM IFTIXORIM!” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda davlat ramzlaridan biri bo‘lgan bayrog‘imiz hamisha muqaddas va ulug‘ sanalishi, xalqimizning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsoli ekanligini, o‘zida butun O‘zbekiston xalqining asriy orzu-istaklari, g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni mujassam etganligini alohida ta’kidlandi.

Bayram tadbiri davomida o‘quvchilar va pedagoglar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar barchaga xushkayfiyat ulashdi.