Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida sportni rivojlantirishga va yosh sportchilarni Xalqaro miqyosda raqobatdoshligini oshirish, jismoniy salohiyati yuqori, ruhiy tetik sportchilarni tayyorlashga katta e’tibor ko’rsatilmoqda. Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining o‘quvchilaridan shakllantirilgan futbol jamoalari o‘rtasida “Direktor kubogi” musobaqalariga start berildi.

Dastlabki uchrashuv qiziqarli va shaffoflik tamoyillari ostida o’tdi. Sport va sogʻlomlashtirish mashg’ulotlari va musobaqalari yana davom etadi. Bugungi kunda, maktabda sport to’garaklariga alohida e’tibor qaratilib, o‘quvchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.