📣 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Direktor soati” bo’lib o’tdi
✅ “Direktor soati” texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (Phd), maktab direktori Kamolov Jamoliddin Sayfitdinovich tomonidan 7-sinf o’quvchilari uchun “Mobil qurilmalar, ta’lim- tarbiya jarayonida ularning o’rni” mavzusida o’tkazildi.
☑️ “Direktor soati” davomida o’quvchilarga bugungi kunda mobil qurilmalar, smartfonlar va gadjetlarning foydali va zararli tomonlari haqida ochiq muloqot va videoroliklar orqali keng tushuntirib berildi.
☑️ Shuningdek, vatanimizning otin fondi deya ta’riflanayotgan bugungi yoshlarimizga kelajakda qanday kadrlar bo’lishlari lozimligi va ular oldida turgan dolzarb vazifalar alohida ta’kidlab o’tildi. So’ng, “Da’vat xizmatchisi” videofilmi namoyish etildi.