Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida 2021 yil 13 noyabr kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “DOLZARB 40 KUN” daraxt ekish aksiyasi o‘tkazildi. Tadbirda barcha fan o’qituvchilari, pedagog tarbiyachilar, sinf rahbarlari, ishchi xodimlar va o‘quvchilar, shuningdek, Mirzo G’olib mahallasi faollari ham maktabning tashqi hududini tozalashda va ko’chat ekishda faol ishtirok etdilar. Maktab hududi jami 3,75 Ga bo’lib, unda 2000 dan ortiq turli-xil manzarali va mevali daraxtlar parvarish qilinmoqda. Tadbir davomida maktab hududi har bir sinfga taqsimlandi va har bir sinf hududiga alohida nomlar berildi. Xususan, “Yangi O‘zbekiston”, “Yosh botaniklar”, “Yosh biologlar”, “Kichik akademiklar”, “Yosh kimyogarlar”, “Yangi hayot”, “Bog‘ishamol”, “Do‘stlik” shular jumlasidandir. Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan 200 dan ortiq manzarali va mevali ko‘chatlar ekildi va hududda tozalash ishlari amalga oshirildi. Mazkur tadbir “Dunyo bo‘ylab” telekanali tomonidan tasvirga olinib, 2021 yil 15- noyabr kun soat 19.00 da namoyish etiladi.