Ona Yer, zilol suv, musaffo havo, go’zal tabiatni asrashga, ulardan oqilona foydalanishga har-birimiz mas’ulmiz. Chunki, ularni kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashimiz lozim.

❇️ Bugun, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Eco-school qo’mitasi a’zolari tomonidan 7-8 – sinf o‘quvchilari uchun “Tabiat va Inson” mavzusida navbatdagi amaliy mashg’uloti o’tkazildi.

❇️ Eco-school qo’mitasi a’zolari tomonidan taqdimot orqali o‘quvchilarni havo va tuproq ifloslanishi sharoitida nafaqat O‘zbekiston balki butun yer yuzidagi suv resurslaridan oqilona foydalanishga, ko‘kalamzorlashtirish jarayonini to‘g‘ri va tizimli tashkil etishga da’vat etdilar.