Butunjahon tozalik kuni munosabati bilan joriy yilning 17-sentabr kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida “Eng ozoda hudud” shiori ostida tozalik tadbiri o’tkazildi.

Tadbirda maktab o’quvchilari o’zlariga biriktirilgan hududlarda tozalash-obodonlashtirish ishlarini olib bordilar. Ushbu tadbir o’quvchilarda ona tabiatga bo‘lgan mehrlari va e’tiborlarini oshirishga, har bir sinfga biriktirilgan er maydonidagi o‘simlik dunyosini parvarish qilish va yashillikni saqlash burch ekanligini ongli xis. qilish tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Butunjahon tozalik kuni tadbirini o’tkazish 2008-yil Estoniyada vujudga kelgan bo’lib, 50000 ko’ngillilar mamlakatni chiqindilardan xoli etish uchun birlashganlar.

Natijada sentabr oyining 3-shanba kuni
Butunjahon tozalik kuni deb qabul qilingan. Mazkur kun 180 dan ortiq mamlakatdagi ko’ngillilarni bir kun davomida bir maqsad sari birlashtiruvchi yirik ijtimoiy harakati ifodasini topgan jarayonga aylangan.