Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida navbatdagi “Ertalabgi saflanish” tadbiri bo’lib o’tdi.

Maktab direktori J.Kamolov so’zga chiqib, yangi o’quv yilining birinchi haftasi davomida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan dastlabki natijalar, shuningdek, ushbu haftada belgilangan dolzarb vazifalar haqida ma’lumot berdi.
So’ng, ertalabgi saflanish tadbirini ochiq deb e’lon qildi.

Barcha o’quvchilar va pedagog xodimlar jo’r ovozda O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi kuylandi.

Tadbirda o’quvchilar dunyodagi va mamlakatimizdagi yangiliklar bilan tanishtirildi.

Tadbir davomida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan “MEN O‘ZBEKMAN” mavzusidagi ijtimoiy roliklar tanlovining maktab bosqichi yakuni bo’yicha nominatsiyalar g’oliblfri e’lon qilindi hamda diplom va estalik sovg’alar bilan taqdirlandilar:

“Eng yaxshi informatsion rolik” nominatsiyasi g’oliblari:
? 9-“A” sinf o‘quvchisi Egamberdiyeva Xadicha
?10-“D” sinf o‘quvchisi Abdurazzoqov Javohir
? 10-“A” sinf o‘quvchisi Usmonova Zarina

“Eng yaxshi ijtimoiy rolik” nominatsiyasi g’oliblari:
? 9-“B ” sinf o‘quvchisi Isomiddinova Mufassalxon
? 9-“Ye” sinf o‘quvchisi Bekniyazova Xurshida
? 10-“A” sinf o‘quvchisi Isomiddinov Bobobek

“Muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan rolik” nominatsiyasi g’oliblari:
? 9-“Ye” sinf o‘quvchisi Axmadjonov Abrorbek
? 10-“A” sinf o‘quvchisi Ibrohimova Rayhona
? 8 -“B” sinf o‘quvchisi Abdujalolov Avazbek

Tadbir yakunida o’quvchilar jo’rligida maktab madhiyasi kuylandilar.