Loading Events

8 mart kuni dunyoning qator davlatlarida bayram sifatida nishonlanadi. Jumladan, O‘zbekiston hududida ham. bu kunning tarixi haqida turli-tuman taxminlar, mishmishlar va afsonalar yuradi. o‘tmishga nazar solsak, 8 mart haqida hali biz eshitmagan ma’lumotlar talaygina ekanligiga guvoh bo‘lamiz.

1) 1914 yil boshida Xalqaro xotin-qizlar kuni birinchi marta rasmiy bayram sifatida kiritildi.

2) 1909 yilning 28 fevral kuni AQSH ilk bor Ayollar kunini nishonladi.

3) 1911 yilda Daniya, Avstriya, Shveysariya va Germaniya Ayollar kunini nishonlashdi boshladi.

4) 1913 yildan e’tiboran Xalqaro ayollar kuni 8 martga ko‘chirildi.

5) Avval bu bayram 23 fevralda nishonlangan.

6) 2000 yildan boshlab dunyoning aksari davlatlarida Xalqaro ayollar kuni rasmiy bayram sifatida qabul qilindi.

7) Avstraliyada ilk bor bu bayram 1911 yilning 19 martida nishonlangan.

8) Aynan shu kuni jahonda ilk bor ayollarning norozilik namoyishlari va mitingi boshlandi.

9) 1956 yildan e’tiboran ushbu sana dam olish kuni deya tasdiqlandi.

10) Qadimgi Rimda ham bu bayram nishonlangani haqida ma’lumotlar mavjud.

11) Bu bayramni jahonning 31 ta davlati rasmiy ravishda nishonlaydi.

12) 8 mart Suriyada “Revolyutsiya kuni” sifatida nishonlanadi.

13) 1910 yil Daniyaning Kopengagen shahrida Klara Setkin ushbu kunni Xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida nishonlashni taklif qilib chiqdi.

14) Bu kun Armanistonda “Onalar kuni” sifatida bayram qilinadi.

15) 1914 yildan boshlabgina 8 martni bayram sifatida rasmiy qabul qilingan.

16) Statistikaga ko‘ra, 100 nafar odamdan faqat 4 nafari ushbu bayramni restoranda nishonlashni istaydi.

17) “8 mart” degan atir faqat sobiq ittifoqda bo‘lgan.

18) Daniyaning Kopingagen shahri ushbu bayram asoschisi deya e’tirof etildi

19) 1702 yilning 8 martida Anna Buyuk Britaniyaning qirolichasi bo‘lgan bo‘lsa, 1728 yilning shu kunida Petr II Rossiya imperiyasining taxtiga keldi.

20) 1968 yilda Yangi Zelandiya ushbu kunni bir yilda 4 marta nishonladi

Manba qalampir.uz

  • Start Time
    08.03.2024 - 00:00
  • End Time
    08.03.2024 - 23:59

Регистрация закрыта для этого мероприятия