Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida“gi 562-son qarori ijrosi doirasida 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida asosiy fan olimpiadasining birinchi maktab bosqichi bo’lib o’tdi.

🔵 Bugun o’quvchilar matematika, fizika, informatika va geografiya fanlaridan jami 30 ta savoldan iborat test imtihonlariga javob berishdi.

🔴 Eslatib o’tamiz, maktab bosqichida yuqori natijalarni qayd etgan o’quvchilar asosiy fan olimpiadasining Toshkent shahar bosqichida ishtirok etadilar.