O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019–yil 3–maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora–tadbirlari to‘g‘risida” PQ–4306–son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2021–yil 9–sentabrdagi “Iqtidorli o‘quvchillar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 562–son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yil 25–29 noyabr kunlari Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 102–maktab va Olmazor tumanidagi 22–maktabda umumiy o‘rta ta’lim maktablari, Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar, akademik litseylar hamda kasb–hunar maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida umumta’lim fanlari bo‘yicha fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichi o‘tkazildi.

Fan olimpiadalari matematika, fizika, informatika, biologiya va kimyo fanlari bo‘yicha yuqori saviyada tashkil etildi.

Ushbu fan olimpiadalarida Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 31 nafar 9–, 10–, 11–sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar.

Olimpiadalar natijalariga ko’ra, 9 nafar o‘quvchilar sovrinli o’rinlarni egalladilar.
Biologiya fanidan:
9–sinf o‘quvchisi Alimqulov Abdulxamid Abduraim o‘g‘li – 5–o‘rin;
10–sinf o‘quvchisi Abdusalomova Moxinur Ulug‘bek qizi 4–o‘rin;
Kimyo fanidan:
9–sinf o‘quvchisi Bahodirov Ahror Mardonbek o‘g‘li 3–o‘rin;
10–sinf o‘quvchilari Hakimova Shahzoda Bahriddin qizi 1–o‘rin, Odilov Sohrux Maxamadjon o‘g‘li 5–o‘rin;
11–sinf o‘quvchilari Jamolov Azimjon Ravshan o‘g‘li 1–o‘rin, Boymaxamadov Ikromiddin Axmadxon o‘g‘li 2–o‘rin, Badalova Maftuna Lutfullo qizi 3–o‘rin, Gafarov Emirali Aliyevich 4–o‘rin egalladilar.

Olimpiada g‘oliblari tashkilotchilarning diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

1–o‘rin uchun – 1620000 so‘m, 2–o‘rin uchun – 1080000 so‘m, 3–o‘rin uchun – 810000 so‘m pul mukofotlari berildi.