✅ Ma’lumki, Fransiyaning Hachette Livre Group guruhi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun ishlab chiqilgan fransuz tili (1-4-sinflari uchun — “Passe-Passe”, 5-9-sinflari uchun — “Décibel”, 10-11-sinflari uchun — “L’atelier”) darslik majmualari 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab yurtimiz umumta’lim maktablarida keng joriy qilinmoqda.

➖ Bugun poytaxtimizdagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda mazkur darsliklardan samarali foydalanish, ularni dars jarayoniga to‘g‘ri integratsiya qilish va xalqaro fransuz tilini o‘rgatish bo‘yicha metodlarni o‘rganishga qaratilgan o‘quv treningi boshlandi.

📌Trening mashg‘ulotlariga mamlakatimizning turli hududlaridan jalb qilingan 50 dan ortiq frunsuz tili o‘qituvchilari bo‘lib, fransuz mutaxassislari tomonidan ularga darsliklarning muhim jihatlari, uni o‘quv jarayonlarida qo‘llay olishning muhim jihatlari o‘rgatilmoqda.

✔️ Trening jarayonlari joriy yilning 8-noyabriga qadar davom etadi.

Ma’lumot uchun: hozirgi kunda mamlakatimiz bo‘yicha 705 ta maktabdagi 1268 nafar fransuz tili o‘qituvchilari 150 ming nafardan ortiq o‘quvchilarga fransuz tilini o‘rgatib kelishmoqda.