🟢 Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida navbatchi tarbiyachi X.B.Qadamova hamda geografiya fani o’qituvchisi M.A.Umarovalar tomonidan Yakshanba-dam olish kunida o’quvchilarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

⚽️ Ochiq sport maydonida 10-11-sinf o’quvchilari o’rtasida “Futbol” musobaqasi bo’lib o’tdi.

🏀 Yopiq sport maydonida 9-sinf o’quvchilari o’rtasida “Basketbol” musobaqasi bo’lib o’tdi.

🏐 Ochiq sport maydonida 7-8 sinf o’quvchilari o’rtasida “Volleybol” musobaqasi bo’lib o’tdi.

🗺 O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun 7-8-9- sinflar o’rtasida “Qiziqarli Geografiya” nomli kichik Zakovat turniri bo’lib o’tdi. Ushbu turnirda “Chaqqonlar”, “Zukkolar” va “Epchillar” jamoalari ishtirok etishdi.

😊 Yakshanba-dam olish kunida o’quvchilarning vaqti juda maroqli va mazmunli tarzda o’tdi.