Joriy yilning 23–29-mart kunlari respublikamiz hududlarida o‘tkazilgan Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi Toshkent shahrida muvaffaqiyatli yakuniga yetdi.
📍 Bugun Shayxontohur tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ushbu olimpiada g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
🏅O‘quvchilarimiz musobaqada munosib natijalar ko‘rsatib, faxrli o‘rinlarni egallashdi. Ular diplom va pul mukofotlaridan tashqari, ilk bor medallar bilan ham taqdirlandilar.


