O’zbekiston Respublikasi milliy qomusi bo’lgan Konstitutsiyaning 30 yillik munosabati bilan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirni Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori Kamolov Jamoliddin Sayfiddinovich ochib berdi va barcha o’quvchilarni tabrikladi.
Tadbirda barcha sinf o’quvchilari faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida o’quvchilarning huquqiy savodxonligi va bilimlarini sinab ko’rish maqsadida savol-javoblar o’tkazildi. Faol va hozirjavob o’quvchilar sovg’alar bilan rag‘batlantirildi.

Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan videoroliklar, sahna ko’rinishlari, raqslar va Vatanni madh etuvchi qo’shiqlar namoyish etildi.