Maktabimizda qishki taʼtil 2022-yil 24-yanvariga qadar uzaytirilganligini ma’lum qilamiz.

Taʼtil kunlari davomida, oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida maktabning ijtimoiy tarmoqlari va har bir sinf kanallarida ular uchun onlayn tarzda fakul’tativ mashg‘ulotlar, fanlar bo‘yicha ichki fan olimpiadalari, intellektual oʻyinlar, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan bellashuvlar va turli tanlovlar tashkil etiladi.

Maktab ma’muriyati