⚡️ Kirish imtihonlarida sizdan bir nechta tartib-qoidalarga amal qilish so‘raladi.
🗣 Jumladan:
✅ Kirish imtihoni o‘tkaziladigan belgilangan manzilga farzandingiz bilan birga kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz;
✅ Imtihonlar o‘tkazilayotgan vaqtdagi issiq ob-havoni hisobga olgan holda kiyintirishingiz;
✅ Imtihonga kelishdan oldin farzandingizning ovqatlanishiga ham e’tibor qaratishingiz kerak (turli yog‘li va imtihon jarayonida o‘quvchini behuzur qiladigan taomlar iste’mol qilmaslik tavsiya etiladi).
✅ Mazkur tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon jarayonida o‘zini yaxshi his qilishiga yordam beradi.
❌ Eslatib o‘tamiz, imtihon jarayonida yordam berishni va’da qilayotganlarning hech biriga ishonmang, aldanib qolmang.
📚 Farzandingizning bilimigina uning natijasiga asos bo‘ladi!
Maʼlumot oʻrnida, talabgorlar imtihon boshlanishidan 1 soat oldin tug’ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.