Joriy yilning 15-sentabr kunidan boshlab, Abu Ali ibn Sino nomli ixtisoslashtirilgan maktabida ingliz tili fanidan o’quvchilarni xalqaro baholash tizimlari xususan IELTS imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish ishlari boshlandi.
Xususan, 7-8-9 -sinflari uchun “IELTS introduction” kurslari, yuqori 10-11- sinflari uchun esa “IELTS Preparation” kurslariga start berildi.
Ushbu kurslardan ko‘zlangan asosiy maqsad – maktab o’quvchilarini IELTS xalqaro test tizimlaridan muvafaqqiyatli o’tib, dunyoning TOP Universitetlariga grant asosida qabul qilinishlariga ko‘maklashishdir.
Bu borada barcha o‘quvchilarga o‘z bilimlarini yanada oshirish uchun qulay sharoitlardan unumli foydalanishlarini tilaymiz.