2022-yil 25-aprel kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi va Innovatsion rivojlanish vazirligi hamkorlikda “INNOVATOR” o’quvchi-yoshlar uchun ilmiy-texnikaviy, tahliliy va ommabop jurnalining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

?Taqdimotda oʻquvchi-yoshlarga jurnalning maqsadi, mazmun-mohiyati va unda chop etiladigan maqolalar haqida atroflicha maʼlumotlar berildi.

?O’quvchilar jurnalda oʻz ixtirolari yoritishlari, ayni kunda ular uchun yaratilgan sharoitlar va berilayotgan imkoniyatlar haqida hamda tanlagan kelajak kasblari bilan yaqindan tanishishlari uchun imkoniyatlar yaratilganligi qayd etildi.

Tadbir soʻnggida “Innovator” o’quvchi-yoshlar uchun ilmiy-texnikaviy, tahliliy va ommabop jurnali tahririyati bilan o’zaro hamkorlik aloqalari oʻrnatildi.

Tadbir qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda maroqli o’tdi.