Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining
biologiya va kimyo fanlaridan “INNOVUM-2022” onlayn-olimpiadasini
tashkil etish tartibi

 

Биология ва кimyo fanларidan “INNOVUM-2022” onlayn-olimpiadasi (keyingi matnda onlayn-olimpiada deb yuritiladi)ning asosiy maqsadi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son, “Kimyo va biologiya  yo‘nalishlarida uzliksiz ta‘lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 12-avgustdagi PQ – 4805-son va “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘grisida”gi 2021-yil
19-iyuldagi PQ – 5188-son qarorlariда belgilangan vazifalar ijrosi doirasida o‘quvchilarning iqtidorini ro‘yobga chiqarish, ilm egallashga bo‘lgan ishtiyoqi va intellektual salohiyatini oshirish, sog‘lom raqobatni shakllantirish, izlanuvchanlik va yaratuvchanlik faoliyatiga keng jalb qilish, shuningdek, xalqaro maydonda mamlakatimizning nufuzini yanada yuksaltirish uchun iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularda o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, respublika va xalqaro fan olimpiadalarida munosib ishtirok etishini ta’minlashda tayanch bo‘g‘in sifatida xizmat qilishdan iborat.hamda

Onlayn-olimpiada 2022 yil 7-8 yanvar kunларi ikki bosqichda tashkil etiladi, unda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, davlat va nodavlat umumta’lim maktablarining 7-, 8-sinflari (kichik guruh) hamda 9-, 10-, 11-sinflar va akademik litseylarning 1-, 2-bosqich (katta guruh) o‘quvchilari ixtiyoriy ravishda ishtirok etishlari mumkin.

Mazkur onlayn-olimpiadaning test savollari maktabda faoliyat yuritayotgan professor o‘qituvchilar, yuqori malakali pedagoglar va xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblaridan shakllantirilgan ishchi guruh tomonidan o‘quvchilarning yoshini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi va mahfiyligi ta’minlanadi.

Har bir guruh uchun murakkablik darajasi davlat ta’lim standartlari doirasida va mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan jami 20 tadan test savollari o‘zbek va rus tillarida tayyorlanadi.

Onlayn-olimpiadaning test savollari telegramm kanalda (t.me/innovum) e’lon qilinadi. Har bir o‘quvchi o‘z guruhiga tegishli test savollarini yuklab olib, test savollariga belgilangan vaqt ichida ketma-ketlikda javob beradi va umumiy ballarni to‘playdi. Test sinovi uchun 60  daqiqa vaqt belgilanadi va hamma ishtirokchi uchun bir vaqtda boshlanadi.

Kimyo fanidan har bir to‘g‘ri javob uchun – 1 ball, umumiy yuqori ball – 20 ball hisoblanadi.

Biologiya fanidan murakkablik darajasiga ko‘ra 10 ta topshiriqning to‘g‘ri javobi uchun – 2 ball,  10 ta nostandart topshiriqning to‘g‘ri javobi uchun – 3 ball, umumiy yuqori ball – 50 ball hisoblanadi.

Ishtirokchilardan test topshiriqlarini bajarishga kirishishdan oldin familiya, ismi, sharifi, shahar (viloyat), tumani (tug‘ilganlik guvohnomasi yoki pasporti asosida), maktab raqami (litsey nomi), sinfi (bosqichi)ni to‘liq ko‘rsatishi lozim bo‘ladi va shundan so‘ng topshiriqlarni bajarishga kirishishlari talab etiladi.

Onlayn-olimpiada yakunlangach kimyo fanidan o‘quvchilar to‘ldirilgan javob qag‘ozlarini ishchi guruhi a’zolarining quyidagi telegramm raqamlariga kichik guruhlar (7-8-sinf +998977230168 Boltayeva Mohira Matyoqub qizi), katta guruhlar (9-, 10-, 11-sinf, ALning 1- va 2-bosqichlari  (+998909432826 Muxsumov Javlonbek Xusniddin o‘g‘li) yuborishlari lozim bo‘ladi. Bioloyia fanidan mas’ul (+99891 4420446 Ramazonov Sherbek mustafo o‘g‘li) etib belgilangan.

Shuningdek, ishtirokchi uchun test topshiriqlarini bajarib bo‘lgach “jo‘natish” (otpravit) tugmasini bosib, javoblarini yuborish, shundan so‘ng, ekranda “ballarni ko‘rish” (posmotret balli) tugmasini bosish orqali test topshiriqlariga bergan javoblari bo‘yicha umumiy to‘plagan ballarini ko‘rish imkoniyati yaratiladi.

Biologiya va kimyo fanlaridan “INNOVUM – 2022” onlayn-olimpiadaning yakuniy natijalari qaydnoma shaklida telegramm kanalda (t.me/innovum)
2022 yil 15 yanvar kuni soat 18-00 ga qadar e’lon qilinadi. Shundan, yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar  diplomlar bilan taqdirlanadi (19-20 ball 1-darajali, 17-18 ball 2-darajali va 15-16 ball 3-darajali).

Onlayn-olimpiada g‘oliblari uchun diplomlar onlayn tarzda yuboriladi.

Onlayn-olimpiadani tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tashkiliy ishlar maktab rahbariyati nazoratida ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.

 

 

 

Biologiya  fanidan “INNOVUM-2022” onlayn-olimpiadasini
tashkil etish reja jadvali

Ishtirokchilar

Ta’lim tili

Boshlash vaqti

Tugash vaqti

2022 yil 7 yanvar

7- sinf va 8-sinf

O‘zbek va rus

10.00

11.00

9-, 10– va 11-sinf, Akademik litsey  1-, 2- bosqich

O‘zbek va rus

12.00

13.00

 

Kimyo  fanidan “INNOVUM-2022” onlayn-olimpiadasini
tashkil etish reja jadvali

Ishtirokchilar

Ta’lim tili

Boshlash vaqti

Tugash vaqti

2022 yil 8 yanvar shanba

7- sinf va 8-sinf

O‘zbek va rus

10.00

11.00

9-, 10– va 11-sinf, Akademik litsey  1-, 2- bosqich

O‘zbek va rus

12.00

13.00