Bugun Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida “intellektual bellashuv” tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirni 11-sinf o’quvchilari boshlab berdilar.

Tadbir davomida “Kvest” savol yordamida yo’nalishlarni aniqlash va marraga borish sharti berildi. Har bir savol qaysidir joy uchun kalit so’z hisoblanadi.
O’quvchilar guruhlarga bo’lingan holdi bir-birlari bilan bellashdilar.

Tadbir musiqiy chiqishlar bilan ko’tarinki ruhda davom etdi.