Bu yilgi olimpiadada dunyoning 21 davlatdan tashrif buyurgan 113 nafar iqtidorli o‘quvchilar o‘zaro kuch sinashishdi.
✅ Nufuzli olimpiadada O‘zbekistonning 8 nafar o‘quvchilaridan iborat terma jamoasi a’zolari (shundan, 4 nafari – Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari) faol ishtirok etib, olimpiadaning yakuniy natijalariga ko‘ra 7 ta sovrindor o‘rinlarni 🥇 2 ta oltin, 🥈 3 ta kumush va 🥉 2 ta bronza medal hamda 🎫 1 ta sertifikatni qo‘lga kiritdilar.
✅ Xususan, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 3 nafar o‘quvchilari 🥇 1 ta oltin va 🥉 1 ta bronza medal hamda 🎫 1 ta sertifikat sohibi bo‘ldilar:
🥇 Nazarov Azizbek – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi – oltin medal;
🥉 Hakimova Shahzoda – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi – bronza medal;
🎫 Zuxriddinov Biloliddin – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi – sertifikat.
✔️ Ustozlarimiz va o‘quvchilarimizni hamda ularning ota-onalarini samimiy muborakbod etamiz!
✅ Kuni kecha Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan kimyo fanidan 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ishtirok etgan o‘quvchilarimizni I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.