- Posted on
- Umumiy,Yangiliklar
- 325 Views
2021-yil 12-noyabr kuni INTERNATIONAL HOTELda Rossiya, Koreya, Belarusiya, Singapur, Malaziya, Xitoy, Qozog‘iston va boshqa davlatlarning yetakchi o‘rinda turadigan oliy ta’lim muassasalari tomonidan “KASB VA TA’LIM” xalqaro ko’rgazma tashkil etildi. Mazkur ko‘zlarmada Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf bitiruvchi o‘quvchilari, maktab Elchisi (maslahatchisi) V. Djurayeva va psixolog N.Zaynetdinova, sinf rahbari va pedagog tarbiyachi ishtirok etdilar.
Ko‘rgazma davomida o‘quvchilar chet el oliy ta’lim muassasalari haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Ularga ko‘rgazma yakunida oliy ta’lim muassasalari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan flayerlar taqdim etildi. Kasbga yo‘naltirishga mo‘ljallangan bu ko‘rgazma o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. O’quvchilar ushbu ko‘rgazmadan olgan ma’lumotlari asosida ko’plab loyihalarni amaliyotga tadbiq etishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’ydilar.
Bu boradagi ishlar tizimli davom etadi.