📌 Bugun, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o’quvchilarini kasbga yo’naltirish bo’yicha tashkil etilgan “Kichik tibbiy xodim” o’quv kursining amaliy mashg’uloti Toshkent Tibbiyot Akademiyasida o’tkazildi.

🟢 Amaliy mashg’ulot davomida Toshkent Tibbiyot akademiyasining Intensiv terapiya, nevrologiya, nefrologiya, revmotologiya, kardioreabilitatsiya, fizioterapiya va jarrohlik bo’limlari faoliyati bilan yaqindan tanishishga imkoniyat yaratildi.

🟢 Amaliy mashg’ulot Travmotolog-ortoped shifokori Toshpo’latov Abdulaziz Abduvohidovich va Intensiv terapiya bo’limi shifokori Maxmudjonova Nazokat Suleymanovna tomonidan qiziqarli va mazmunli olib borildi.

🟢 Amaliy mashg’ulot barcha o’quvchilarda katta taassurot qoldirib, shifokorlik kasbi o’ta mas’uliyatli ekanligini his qilishga va uning uchun puxta bilim egasi bo’lishga turtki bo’ldi.