📌 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va Toshkent Tibbiyot Akademiyasi o’rtasida 2021-yil 30-avgustda imzolangan hamkorlik Memorandumi asosida o’tgan o’quv yilidan boshlab 11-sinf o’quvchilari uchun o‘quv jarayonini ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari bilan uzviyligini ta’minlash maqsadida “Kichik tibbiy xodim” yo’nalishida 36 soatlik o’quv mashg’ulotlari yo’lga qo’yilgan bo’lib, yakuni da 66 nafar bitiruvchi o’quvchilarga tegishli SERTIFIKATlar taqdim etilgan.

✅ 2023-2024-o’quv yilida ham ushbu kasbga yo’naltirish ishlari davom ettirilmoqda.

✅ Bugun, Toshkent tibbiyot akademiyasi Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi katta o’qituvchisi Solixov M.M, assistentlari Sirojiddinov Sardor va Aybergenova Xurshida tomonidan reja asosida navbatdagi o’quv mashg’uloti bo’lib o’tdi.

🔰 Dastlabki mashg’ulot davomida o’quvchilar bemorlarga birinchi tibbiy yordamni amalga oshirish uchun zarur bilim, ko’nikma va malakalar mavzusida dars mashg’uloi tachkil etildi.