Kimyo fanidan 56-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasining III bosqichini tashkil etishga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishish maqsadida Toshkent pediatriya instituti akademik litseyi direktori biologiya fanlar doktori professor O.Ishankulov va O’zbekiston Milliy universiteti analitik kimyo kafedrasi mudiri kimyo fanlari doktori, professor Z.Smanova Abu Ali ibn Sino maktabiga tashrif buyudilar.

Tashrif jarayonida maktabning B.bloki – laboratoriyalar binosida amalga oshirilayotgan ta’mirlash, jihozlash va tayyorgarchilik ishlari bo’yicha o‘z taklif va mulohazalarini berdilar.

Tashrif yakunida Xalqaro olimpiadada ishtirok etuvchi o’quvchilar uchun O’zbekiston Milliy universiteti analitik kimyo kafedrasi laboratoriyasida amaliyot o’tashlari uchun keng imkoniyat yaratilishi kelishib olindi.