2022-yil 9-sentyabr kuni Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab hamda Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi hamkorligida “Kitob va kitobxonlik” loyihasi doirasida “Kitobxonlik oqshomi festivali” bo’lib o’tdi.

Tadbirga O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, bolalar shoiri Otabek Quvatov, shoir Anvar Nishonov va xonanda Said Chustiy tashrif buyurdilar.

Tadbir davomida o’quvchilarning kitobga bo’lgan muhabbatini oshirish maqsadida qiziqarli o’yinlar va tezkor savol-javoblar o’tkazildi. She’riyatga qiziqishi yuqori bo’lgan ijodkor yoshlarga estalik sovg’alar topshirildi. Tashkil etilgan “Kitobxonlik oqshomi festivali” o’quvchilarda katta taassurot qoldirdi.