2021-yil 7-dekabr kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan “KONSTITUTSIYA – BAXTIMIZ QOMUSI” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Prezident ta’lim muassasalari agentligi Ixtisoslashtirilgan maktablar bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi H.Erkaboev, Olmazor tumani Sudi raisi Z.Bobonov, Sudya M.Abidov ishtirok etdilar.
Ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining har bir bobiga hamda tegishli bandlariga sharx berildi.
Tadbir davomida aavol-javob hamda o‘quvchilar va pedagoglar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar namoyish etildi.