📌 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Marshall Kavendish Ta’lim tashkiloti (Singapur davlati) bilan hamkorlikda “Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar” konferensiyasi doirasida “Liderlik va o’zgarishlarni boshqarish” bo’yicha trening darslari bo’lib o’tmoqda.

✔️ Unda yurtimizning 14 ta hududidan 160 dan ortiq maktab rahbarlari hamda rahbar o’rinbosarlari ishtirok etishmoqda.

❗️Ma’lumot o’rnida, trening mashg’ulotlari joriy yilning 10-14-iyun kunlari Marshall Kavendish Ta’lim tashkiloti ekspertlari Atraju Kanan Ramdas va Abdul Mannan tomonidan olib boriladi.