🎓 Maktab o‘quvchilari Pharmaceutical Technical Universityga tashrif buyurishdi
Yurtimizda yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi, ularni istiqbolli sohalarga yo‘naltirish davlat siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Ana shu maqsadlar ijrosi doirasida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari farmatsevtika sohasi bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Pharmaceutical Technical Universityga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida o‘quvchilar oliy ta’lim muassasasida yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, innovatsion laboratoriyalar hamda farmatsevtika sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimi bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur tashrif yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni kelajakda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha oladigan malakali mutaxassislar etib tarbiyalashga xizmat qiladi.




