🌟 Maktab o‘quvchilari Prezidenti inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi
Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda muhim va tarixiy ahamiyatga ega tadbir
“Maktab o‘quvchilari Prezidenti” saylovi g‘olibining tantanali inauguratsiya marosimi o‘tkazildi.
Mazkur saylov jarayonida ovozlarning eng yuqori ko‘rsatkichini qo‘lga kiritgan
Ergashev Fazliddin Fahriddinovich “Maktab o‘quvchilari Prezidenti” lavozimiga saylanib, o‘z vakolatiga rasman kirishdi.
🎓 Faol o‘quvchilar jamoasi shakllantirildi
Shuningdek, maktabimizning faol, iqtidorli va tashabbuskor o‘quvchilaridan iborat
Vazirlar hamda oila raislari jamoasi ham o‘z faoliyatlarini rasman boshladilar.
Ushbu jarayon o‘quvchilarimiz uchun:
- fuqarolik mas’uliyati,
- yetakchilik fazilatlari,
- ijtimoiy faollik
kabi muhim ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Kelajak yetakchilariga ezgu tilaklar
Mazkur saylov va inauguratsiya marosimi yoshlarimizda mustaqil fikrlash, jamoatchilik bilan ishlash hamda mas’uliyatli qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Maktabimizning yangi Prezidenti, vazirlar va oila raislariga
mas’uliyatli, samarali va muvaffaqiyatli faoliyat tilaymiz!



