Abu Ali Ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o’quvchisi Mengboyev Ro’zimat “Chet el fuqarolari uchun mo’ljallangan 17- “Xalqaro Rus tili Olimpiadasi”da faxrli 2-o’rinni egalladi.
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi rahbari Hilola Umarova Ro’zimat Mengboyevni faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg’a bilan taqdirladi.
Ma’lumot o’rnida aytib o’tamiz, mazkur Olimpiada 1972-yildan buyon tashkillashtirilib kelinmoqda.
Bu yil mazkur Olimpiadada 75 dan ortiq mamlakatdan 10000 dan ziyod iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdi.