2022-yil 9-fevral kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari bilan T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Ibraimov Xolboy Ibragimovich va professor Safarova Roxat Gaybillaevna hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar Harbiy tibbiyot Akademiya harbiy vrachlar tayyorlash o‘quv batolonkomandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari moyor Baubekov O‘razali Mamasolievich ishtirokida ikki bosqichda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirning birinchi bosqichida maktabning katta konferens zalida o‘quvchilar bilan davra suxbati o‘tkazildi. Suxbat davomida mamlakamizda fan va tibbiyot yo‘nalishida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar va kasbga yo‘naltirish borasida belgilangan dolzarb vazifalar haqida ma’lumot berdi.

So‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev rahbarligida 2021-yil 10-sentabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 44-son bayoni 29-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida T.N.Qori Niyoziy Nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar Harbiy tibbiyot Akademiya bilan hamkorlik kelishuvi imzolandi. Tadbir o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbirning ikkinchi bosqichida hamkor tashkilot tomonidan olib kelingan mevali daraxt ko‘chatlari maktabning yer hududiga mehmonlar va o‘quvchilar ishtirokida ekilib “Akademiklar bog‘i”ga asos solindi.

Ushbu hamkorlik ishlarini davom ettirilishi belgilandi.