2021-yil 23-dekabr kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari bilan O‘zbekiston Respublikasi Energetikа vazirining Axborot texnologiyalari masalalari bo‘yicha maslahatchisi Djurabekov Temur Rejepovich va Neft va gaz sanoatini isloh qilishni muvofiqlashtiruvchi loyiha idorasining korporativ aloqalar xizmati rahbari Mullajonov Аvazbek Raximovich ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

❇️ Suxbat davomida mamlakat taraqqiyoti uchun eng muhim soha – yoqilg‘i-energetika tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar yechimi, mazkur sohani yanada rivojlantirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, yangi loyihalar haqida ham o‘quvchilarga ma’lumot berdi.

✅ Tadbir ochiq muloqot va samimiy ruhda tashkil etilib, o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.