O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev rahbarligida 2021 yil 10 sentabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 44 – sonli bаyoni 29-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yil 9 dekabr kuni Аbu Аli ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga “O‘zbektelekom” telekommunikatsiya va transport tarmog‘i filiali direktorining 1-o‘rinbosari G‘.I.Ro‘zimatov, direktor o‘rinbosari X.A.Ravshanov va Xodimlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Q.O.Sarimsoqov tashrif buyurdi.

Mehmonlar maktab faoliyati va erishilgan natijalar bilan yaqindan tanishdilar. So‘ng, o‘quvchilar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda mehmonlar “O‘zbektelekom” TTT tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangi va innovatsion loyihalar haqida taqdimot qildilar.

Mehmonlar ochiq muloqot yakunida o‘quvchilarning qiziqtirgan savollariga javob berdilar hamda uchrashuv o‘ta qizg‘in va do‘stona munosabatda yakunlandi.

So‘ng, “O‘zbektelekom” telekommunikatsiya va transport tarmog‘i filiali va Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.