Bugun Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi 3-son matematika fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Maktablarda sifatli ta’lim berishda innavatsion yondashuv” mavzusida videokonferensiya o‘tkazildi.

Mazkur video konferensiyada:
Oliy Majlis spikeri o’rinbosari, Pedagogika fanlari doktori – U.Inoyatov
MGIMO filliali direktori, Fizika-matematika fanlari doktori, professor – M.T.Boqoyev
Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti direktori U.O. Raxmonov
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi A.A.Nosirov
O‘zbekiston Milliy Universiteti, fizika-matematika fanlari doktori, professor B.A.Shoimqulov
Toshkent Davlat Pedagogika universiteti Matematika fakulteti dekani G‘.Djabbarov
Matematika fani darsligi muallifi A.Zaidov ma’ruzalar qildilar.

Shuningdek, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori J.Kamolov Prezident ta’lim muassasalari Agentligi tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning faoliyati va erishilgan yutuqlari haqida ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.