2021-yil 18-dekabr kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari bilan Ozbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirining 1-o‘rinbosari Azamov Ulug‘bek Axmadovich, Ta’lim deportamenti direktori Eshtayev Alisher Abduganiyevich hamda Futbol bo‘yicha Osiyo o‘yinlari g‘olibi Siddiqov Javohir va Prezident ta’lim muassasalari agentligi xodimi Safarov Shohrux ishtirokida ikki bosqichda ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbiri tashkil etildi.

Tadbirning birinchi bosqichida maktabning katta konferens zalida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirining 1-o‘rinbosari U.A.Azamov va Ta’lim deportamenti direktori A.A.Eshtayev bilan davra suxbati o‘tkazildi.

Suxbat davomida mamlakamizda turizm va sport sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, dastlabki erishilgan yutuqlar shuningdek, turizmning yo‘nalishlari bo‘yicha raqamli o‘sish dinamikasini alohida ta’kidlab, sayyohlar soni 6 million nafarga yetganligi haqida ma’lumot berdi.

So‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi va Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Tadbir ochiq muloqot va samimiy ruhda tashkil etilib, o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbirning ikkinchi bosqichida maktabning sport maydonida mini futbol bo‘yicha “Direktor kubogi” final bosqichi o‘tkazildi. Bunda 9-“D” sinf jamoasi va amaldagi chempion 11- “A”sinf jamoasi o‘rtasida qizg‘in o‘tgan baxsda 5:4 hisobida 11- “A”sinf jamoasi musobaqa g‘olibi bo‘ldi.

Umumiy natijaga ko‘ra, 3-o‘rin – 11 “A” sinf jamoasi, 2-o‘rin – 9 “D” sinf jamoasi, 1-o‘rin 11- “A”sinf jamoasi qayd etildi.

G‘oliblarni O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirining 1-o‘rinbosari U.A.Azamov, Futbol bo‘yicha Osiyo o‘yinlari g‘olibi J.Siddiqov va maktab direktori J.Kamolovlar taqdirladilar.

G‘oliblarga O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining esdalik sovg‘alari taqdim etildi.