Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Ma’naviyat soati” bo’lib o’tdi

Barcha sinflarda “Ma’naviyat soati”ni sinf rahbarlari va pedagog tarbiyachilar hamkorlikda o‘tkazdilar.
Xususan, 10-sinf o‘quvchilari bilan maktab direktori Kamolov Jamoliddin Sayfitdinovich olib bordi.

Ma’naviyat soatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati ochib berildi.

Ma’naviyat soati davomida huquqiy madaniyat va huquqiy savodxonlik to‘g‘risida yana bir bor tushuntirildi.