Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida barcha sinflarda navbatdagi “Ma’naviyat soati” bo’lib o’tdi
Ma’naviyat soati davomida sinf rahbarlari tomonidan o‘quvchilarga davlatimiz ramzlarining qabul qilinish tarixi, dunyo miqyosida tutgan o’rni, siyosiy ahamiyati hamda terorizm va ekstremizmga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar haqida keng tushunchalar berildi.
Xususan, maktab direktori tomonidan 8-sinf o‘quvchilari bilan har bir o‘quvchining va sinflarning ta’lim-tarbiya sifati ko‘rsatgichi bo‘yicha o‘zaro sog‘lom raqobatni shakllantirish mexanizmi ochib berildi.
Qisqa muddatda har bir sinfning ta’lim-tarbiya samaradorligi va sifat ko‘rsatgichini oshirishga qaratilgan harakatlar dasturi ishlab chiqiladi va amaliyotga tadbiq etiladi.


