❇️ Ushbu bayram azal-azaldan o’zbek xalqining va boshqa O’rta Osiyo xalqlarining yig’im-terim ishlarini tugallanish munosabati bilan nishonlanib kelinayotgan an’anaviy bayrami hisoblanadi.

📌 Shu munosabat Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida ham “Mehrjon-Hosil bayrami” sayli bo’lib o’tdi.

❇️ Unda barcha maktab o’quvchilari o’lkamizda yetishtirilgan xilma-xil mahsulotlar (poliz ekinlari va mevalar) dan bayramona dasturxon bezatishdi.

❇️ Sayl so’ngida esa o’quvchilar “Eng chiroyli bezatilgan dasturxon” nominatsiyasi bo’yicha baholandilar.

⚡️ “Mehrjon-Hosil bayrami” sayli quvnoq va ko’tarinki kayfiyatda o’tib, barchada o’zgacha taassurot qoldirdi.