Joriy yilning 20 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni (PF–6099-son) ijrosini ta’minlash maqsadida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida sportning “Mini futbol” turi bo‘yicha 7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Direktor kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

Mazkur musobaqada 6 ta jamoa ishtirok etib, murosasiz kechgan qizg‘in bellashuv natijasida g‘oliblar aniqlandi:

3-o‘rin 7-“Ye”-sinf,
2-o‘rin 7-“G”-sinfga,
1-o‘rin 7-“A”-sinf o‘quvchilari esdalik sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.