✅ 2022-yil 12-fevral kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida g‘azal mulkining sultoni, hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi hamda buyuk sarkarda, davlat arbobi va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan ma’naviy – ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

❇️ Tadbirda Dr. Hüseyin Kaba – Turkiyaning Düzce (Duzje) universiteti Filologiya fanlari doktori, Muhammadieva Dilafro‘z Axmatovna – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti falsafa fanlari doktori, O‘zbekiston Miliiy universitetining “Jahon tarixi” kafedrasi mudiri, dotsent, tarix fanlari doktori Biykuziyev Asxat Abdunabiyevich va “Jahon tarixi” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari doktori Djuraev Ravshan Xurramovichlar ishtirok etdilar.

❗️Mehmon Dr. Hüseyin Kaba tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga bag‘ishlangan nutqi o‘quvchilarda katta qiziqish va taassurot qoldirdi.

Tadbirda maktabning o‘quvchilari va o‘qituvchilari tomonidan Alisher Navoiy va Z.M.Boburning g‘azallari va ruboiylaridan namunalar o‘qildi.