Abu Аli ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 2021-yil 15-noyabr soat 14.00 da MIREA – Rossiya texnologik universitetining birinchi prorektor o‘rinbosari I.S.Solunova va Xalqaro ta‘lim instituti direktorining o‘rinbosari E.A.Slezkina bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad, ya’ni o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish hamda malakali pedagog kadrlarni almashish va dars mashg‘ulotlariga jalb etish, kimyo va biologiya fanlaridan yetuk soha mutaxassislari ishtirokida “Mahorat darslari”ni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuv imzolashga erishildi. Tadbir davomida MIREA – Rossiya texnologik universiteti to‘g‘risida taqdimot namoyish etildi. So‘ng mehmonlar o‘quvchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdilar. Tadbir barcha o‘quvchilarda mustaqil kasb tanlash uchun keng imkoniyat yaratdi.